Abiturient - 2009 hammasi shu yerda...
|
|
ABITURIENT 2009!
Abiturient 2009 veb saytiga xush kelibsiz!
Bu saytda siz, O`zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari haqida, oliy ta’lim muassasalariga qabul rejalari va kunlik xamda jami topshirilgan arizalar soni haqida ma’lumotlarga ega bo`lishingiz mumkin. 20 iyundan boshlab respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida qabul komissiyalari abiturientlardan hujjatlarni qabul qilishni boshlaydi. O’zbekiston respublikasi prezidentining “2009/2010 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga qabul to`g`risida” gi qaroriga muvofiq bu yil 57 305 nafar talaba qabul qilinishi rejalashtirilmoqda. Ushbu reja iqtisodiyotnig turli tarmoqlarini 2012 yilgacha bo’lgan taxlillari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, bunda muhandislik, qurilish, zamonaviy texnologiyalar yo’nalishlariga ko’proq e’tibor qaratiladi. Shuningdek, ishlab chiqarish va qishloq xo’jalik maxsulotlarini qayta ishlash yo’nalishlari bo’yicha ham qabul kvotalari oshgan. Bu yildan boshlab O’zbekiston davlat san’at institutining Qoraqolpog’istondagi filiali ham o’z faoliyatini boshlaydi. Oliy ta’limga ega bo’lish uchun o’tkaziladigan tanlovda akademik litseylar, kollejlar va o’rta maktab bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin. Avvalgi yillardagi kabi bu yil ham o’qish davlat granti va to’lov-kontrakt asosida olib boriladi. Davlat granti asosida eng yuqori ballarni olgan talabalar o’qishlari mumkin. An’anaga ko’ra bu yil ham kirish imtihonlari 1 avgustda o’tkaziladi. Test sinovlarini o’tkazilishi bo’yicha jiddiy o’zgarishlar yoq. Bu yil ham abiturientlar 3 ta fan bo’yicha test sinovlaridan o’tadilar. Shuningdek, alohida ijodiy yondoshuv talab etiladigan yo’nalishlarda Davlat Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qo’shimcha ijodiy imtihonlar o’tkaziladi. Joriy o’quv yilining yangiligi sifatida Turin politexnika institutining Toshkent fililali faoliyat boshlaydi. |
|